PUNI URUSHLARI

PUNI URUSHLARI — Oʻrta dengizga hukmronlik qilish uchun Rim va Karfagen oʻrtasidagi urushlar: 1 — Puni urushi (mil. av. 264—241), 2si (mil. av. 218—201), 3si (mil. av. 149—146). Eng yirik janglar: Mila yaqinida (260) va Egat o. larida (241) rimliklar dengiz jangida zafar qozonganlar; Tra-zimen koʻli sohilida (217) va Kanna (216)da karfagenliklar Gannibal boshchiligida gʻalaba qilganlar; Metavr (207), Zam jangida (202) — rimliklar Ssipion Katta rahbarligida gʻala-ba qozonganlar; 149—146-y. larda rimliklar Karfagen sh. ni qamal qilib, uni zabt etganlar. Puni urushlari Rimning gʻala-basi bilan tugagan; Karfagen hududining bir qismi Rimning Afrika provin-siyasiga aylantirilgan, bir qismi esa Numidiyaga berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x