PULMONOLOGIYA

PULMONOLOGIYA (lot. pulmonis – oʻpka va…logiya) — klinik tibbiyotning bir boʻlimi; oʻpka, bronxlar va plevra kasalliklarini oʻrganadi. Ularni aniklash, davolash va oldini olish usullarini ishlab chiqadi. Pulmonologiya nisbatan yangi soha boʻlganligi uchun 70-y. lar oxirlaridan boshlab uni mu-kammal oʻrganishga kirishildi. Ilgari Oʻzbekistonda «paxta yakka xokimligi» natijasida yuzaga kelgan ekologik oʻzgarishlar va koʻp mikdorda ishlatilgan pestitsidlar taʼsirida oʻpkaning surunkali nospetsifik kasalligi, ayniqsa, qishloq joylarida koʻpayib ketgan edi, shularni hisobga olib Toshkentda 1978-y. Toshkent vrachlar malakasini oshirish it-ti qoshida klinik Pulmonologiya kafedrasi tashkil etildi va Oʻzbekistonda pulmonoglar ilmiy maktabi va pulmonologiya xizmati yaratildi. Hoz. Oʻzbekistonning shaharlari va viloyatlarida Pulmonologiya boʻlimlari tashkil qilingan.

1989-y. dan Sil i. t. in-ti Ftiziatriya va pulmonologiya i. t. institutiga aylantirildi va u Oʻzbekistonda shu sohadagi yirik ilmiy markaz boʻlib qoldi. 1990-y. da Ftiziatriya va pulmonologiya i. t. instituta qoshida Respublika pulmonologiya markazi tashkil qilindi. Bu markaz Pulmonologiya sohasidagi i. t. va amaliy ishlarni koordinatsiya qilib boradi. Oʻzbekistonda Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib nospetsifik oʻpka kasalliklari (bronxial astma, surunkali bronxit)ning epidemiologiyasi, funksional diagnostikasi, farmakoterapiyasi, immunologik va klinik allergologiyasi, uning genetik mexanizmlari, bioritmologik tashki liy sistemasi va patogenetik terapiya hamda meqnat qobiliyatini tiklashning ilmiy asoslari ishlab chiqildi. Pulmonologiyada turli tadqiqot usullari: rentgenologik (tomografiya, bronxografiya), en-doskopik (traxeobronxoskopiya), funksional diagnostika usullari va h. k. qoʻllanadi. X. oz. Oʻzbekistondagi mavjud tibbiyot in-tlari, vrachlar malakasini oshirish in-tida Pulmonologiya kafedralari, shuningdek, klinik shifoxonalar tarkibida Pulmonologiya boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekistonda Pulmonologiyaning rivojlanishida A. M. Ubaydullayev, D. X. Mahmudova, Sh. U. Ismoilov, M. A. Yakimova, B. S. Aripov va b. olimlarning xizmatlari katta.

Abdulla Ubaydullayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x