PSAMMITLAR

PSAMMITLAR (yun. psammites — kumli, psammos — qum) — qumli jinslar. Psammitlar tarkibida 50%, baʼzan undan koʻproq 0,05 — 1 mm oʻlchamli mineral zarrachalar va chaqiqtogʻ jinslari boʻladi. Yumshoq (uvalangan) Psammitlar — kum va jipslashgan (sementlashgan)lari — kumtoshlar deb yuritiladi. Psammitlar monomi-neralli (asosan, kvarsli), oligomiktli (kvarsdala shpatli va b.) va poli-mineralli (arkoz va grauvak) jinslarga ajratiladi. Ular, asosan, togʻ jinslari yemirilib, chaqiq boʻlaklari koʻchirilib joylashganda hosil boʻladi. Baʼzi Psammitlarning oʻzi foydali qazilma (no-ruda qurilish materiallari) yoki neft hamda gaz uyumlari oʻzida saqlaydi, kam hollarda olmos, oltin, platina va b. sochma konlar hosil qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x