PRUSSIYA (PreuBen) — davlat, soʻngra Germaniyadagi yer (federativ maʼmuriy birlik; 1945-y. gacha). Prussiyaning asosiy tarixiy oʻzagi — Brandenburg 1618-y. Prussiya gersogligi (Tevton ordeni tomonidan 1525-y. bosib olingan prus yerlarining bir kismida vujudga kelgan) bilan birlashgan. BrandenburgPrussiya davlati 1701-y. P. qirolligiga aylangan (poytaxti — Berlin sh.). P. ning iqtisodiy va siyosiy hayotida yunkerlar rahbarlik rolini oʻynaganlar. Gogensol-lernlar sulolasidan chiqqan Prussiya qirollari (Fridrix II va b.) 18-a. — 19-a. ning 1yarmida davlat hududini sezilarli darajada kengaytirgan. 1871-y. prus yunkerlari Bismark boshchiligida «temir va kon» bilan Germaniyani prus-militaristik asosda birlashtirilishini yakunlashgan; P. qiroli ayni vaktda Germaniya imperatori boʻlgan. Germaniyadagi 1918-y. noyab. inqilobi nati-jasida Prussiya dagi monarxiya barxam topgan. P. Germaniya yerlaridan biriga aylangan. 2-jahon urushida fashistik Germaniya tormor keltirilgach, Prussiya hududi ayrim yerlarga taqsimlangan (1945); 1947-y. Germaniyadagi Kontrol kengash Prussiya davlatini militarizm va reaksiya ning beshigi sifatida yoʻq kilinganligi haqida qonun qabul qilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые