Ayrim bemorlarda preparat bilan davolash, boshqa tsefalosporinlar bilan bo‘lgani kabi, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan fatal anafilaktik reaktsiyalarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Bunday reaktsiyalarni paydo bo‘lish ehtimoli anamnezida ko‘pchilik allergenlarga ma’lum o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan shaxslarda juda yuqori bo‘ladi.
Allergik reaktsiyalar rivojlanganida preparatni darhol bekor qilish va tegishli davolashni buyurish kerak.
Og‘ir anafilaktik reaktsiyalar shoshilinch davolashni, xususan adrenalinni yuborishni talab qiladi.
Ko‘rsatmalar bo‘yicha oksigenoterapiyani, kortikosteroidlarni vena ichiga yuborishni, nafas yo‘llarini o‘tkazuvchanligini ta’minlash, shu jumladan intubatsiyani darhol o‘tkazishni talab qiladi.
Ayrim bemorlarda tsefoperazon bilan davolash, boshqa antibiotiklar bilan bo‘lgani kabi, organizmda K vitamini tanqisligiga olib kelishi mumkin, bu ehtimol bu vitaminni sintez qiluvchi ichak mikroflorasini susayishi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.
Preparatni davomli qo‘llash chidamli mikroorganizmlarni o‘sishini kuchayishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun bemorning holatini sinchiklab nazorat qilish kerak.
Buyrak, jigar va qon yaratish tizimining faoliyatini buzilishlarini vaqti-vaqti bilan namoyon bo‘lishiga tayyor turish kerak.
Bu ayniqsa, yangi tug‘ilgan, xususan chala tug‘ilgan chaqaloqlarga, shuningdek boshqa chaqaloqlarga nisbatan muhimdir.
Buyrak faoliyatini buzilishlarida qo‘llanishi.
Buyrak faoliyatini turli darajadagi buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda preparat qo‘llanganida sulbaktamning umumiy klirensi aniqlangan kreatinin klirensi bilan mos keladi.
Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda sulbaktamning T1/2 ahamiyatli oshishi aniqlanadi.
Gemodializ sulbaktamning T1/2 davri, umumiy klirensi va taqsimlanish hajmiga jiddiy ta’sir qiladi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda tsefoperazonning farmakokinetikasida har qanday o‘zgarishlar aniqlanmagan.
Jigar faoliyatini buzilishida qo‘llanishi.
Tsefoperazon ahamiyatli darajada safro bilan chiqariladi.
Jigar kasalliklari va/yoki safro chiqarish yo‘llarining obstruktsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda tsefoperazonning plazmada T1/2 uzayadi, siydik bilan chiqarilishi esa oshadi.
Xatto jigar faoliyatining og‘ir buzilishlarida ham safroda tsefoperazonning terapevtik kontsentratsiyalari aniqlanadi, plazmadagi T1/2 esa 2-4 marta oshadi.
O‘t chiqarish yo‘llarining og‘ir obstruktsiyasi, jigarning og‘ir kasalliklarida yoki buyrak faoliyatini yo‘ldosh buzilishlarida dozaga tuzatish kiritish kerak bo‘lishi mumkin.
Keksa va qari patsiyentlarda qo‘llanishi.
Sulbaktam ham, tsefoperazon ham qo‘llanganida T1/2 uzayishi, umumiy klirensni kamayishi va taqsimlanish hajmini oshishi kuzatiladi.
Sulbaktamning farmakokinetikasi buyrak faoliyatining darajasi bilan bevosita mos keladi, tsefoperazonning farmakokinetikasi esa jigar faoliyatini buzilishlari bilan mos keladi.
Bolalarni davolash uchun qo‘llanishi.
Preparatining komponentlarini pediatrik patsiyentlardagi farmakokinetikasi kattalar bilan qiyoslanganida katta farqlar aniqlanmagan.
Protsefan chaqaloqlarda samarali qo‘llanadi.
Biroq tsefoperazon/sulbaktam majmuasini chala tug‘ilgan chaqaloqlarda yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘llash bo‘yicha har tomonlama tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Shuning uchun chala tug‘ilgan chaqaloqlar yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni davolashni boshlashdan oldin, potentsial foyda va davolashdan kutiladigan xavfni sinchiklab baholash kerak.
Sulbaktam va tsefoperazon yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.
Shuning uchun homiladorlik vaqtida faqat ayol uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lganidagina qo‘llash mumkin.
Sulbaktam va tsefoperazon juda oz miqdorda ko‘krak suti bilan chiqariladi, shuning uchun laktatsiya davrida qo‘llanganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.
Preparat 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’siri to‘g‘risida.
Hozirgi vaqtda xabarlar yo‘q.
Nomutanosiblik.
Preparatni va aminoglikozidlarning eritmalarini bevosita aralashtirish mumkin emas, chunki ular orasida fizik nomutanosiblik mavjud.
Agar preparat va aminoglikozidlar bilan majmuaviy davolashning zarurati bo‘lsa, ularni alohida ikkilamchi vena ichiga nayli tizimni qo‘llash bilan ketma-ket, alohida holda tomchilab infuziya ko‘rinishida qo‘llash kerak; bunda birlamchi vena ichiga qo‘yiladigan nayli tizimni, ko‘rsatilgan preparatlarning infuziyalari orasidagi tanaffusda tegishli eritma bilan yaxshilab yuvish kerak.
Shuningdek preparatni va aminoglikozidlarni yuborish orasidagi sutka davomidagi intervallar iloji boricha uzoqroq bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Ringer laktat eritmasi bilan birlamchi suyultirish tavsiya qilinmaydi, chunki bu aralashma nomutanosib.
Biroq ikki bosqichli suyultirish jarayonini qo‘llash nomutanosiblikdan saqlanishga imkon beradi: avval inyektsiya uchun steril suv ishlatiladi, so‘ngra olingan eritma sulbaktamning 5 mg/ml kontsentratsiyasigacha Ringer laktat eritmasi bilan suyultiriladi (2 ml birlamchi eritma 50 ml Ringer laktat eritmasida yoki 4 ml birlamchi eritma 100 ml Ringer laktat eritmasida suyultiriladi).
2% lidokain eritmasi bilan birlamchi suyultirish tavsiya qilinmaydi, chunki bu aralashma nomutanosib.
Biroq ikki bosqichli suyultirish jarayonini qo‘llash nomutanosiblikdan saqlanishga imkon beradi: avval inyektsiya uchun steril suv ishlatiladi, so‘ngra olingan eritma 2% li lidokain eritmasida (taxminan 0,5% li lidokain gidroxloridi eritmasida 250 mg/ml tsefoperazon va 250 mg/ml sulbaktam saqlovchi eritma olish uchun) suyultiriladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.