Prezident maktablari uchun “School Counselor”ning yo‘riqnomasi tayyor!

Jumladan, Agentlik tomonidan “Maktab maslahatchisi” — “School Counselor” dasturi va uni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqilib, 2021-2022-o‘quv yilidan Prezident maktablarida joriy qilinmoqda. Mazkur dastur maqsadi:
— ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha individual maslahatlar berish;
— dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridagi nufuzli oliy o‘quv yurtlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish;
— oliygohlarga hujjat topshirish va ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha kerakli tavsiyalarni berish;
— ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasblar bilan tanishtirish va ularga yo‘naltirishdan iborat Shuningdek, dasturda maktab maslahatchilari ishini to‘g‘ri tashkil qilishlari uchun ularga bosqichma-bosqich yo‘riqnoma ko‘rsatilgan. Yo‘riqnomada 14-18 yoshli o‘quvchilarga o‘qishga qabul qilinishida zaruriy hujjatlarini (reference letter, application, essay) tayyorlash, belgilangan muddatlar, shuningdek, top 300 talikka kiruvchi universitetlar to‘g‘risida ma’lumot berish, to‘liq grantlarni qo‘lgan kiritish yuzasidan amaliy mashg‘ulotlarni olib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Sifatli ta’lim uchun zamonaviy darsliklar yaratilmoqda
Prezident ta’lim muassasalari agentligi nafaqat o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish, pedagoglarning malakasini oshirish bilan balki maktablar uchun ixtisoslik darsliklari yaratish bilan ham shug‘ullanadi. Kecha Agentlik tomonidan yaratilgan shunday yangi zamon darsliklarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ijod maktablari uchun maxsus yaratilgan 2 ta “Adabiyot” darsligi va 1 ta “Matnshunoslik” darsligi o‘z yo‘nalishida yangilik bo‘ldi deyish mumkin.
“Adabiy laboratoriya”ga ega darsliklar
Ushbu darsliklarda odatiy darsliklar kabi faqatgina savol-javob usulidan foydalanilmaydi, balki ijod maktablari uchun ilk marotaba adabiyot darsligiga “Adabiy laboratoriya”, elektron va audio kitoblarning QR kodlari berildi. Bunda o‘quvchilarning adabiyot darslarida faqatgina mutolaa bilan emas, balki ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar bilan ham shug‘ullanishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, o‘quvchilar audio matn, kitob treyleri kabi bir qancha usullarda kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni yaratadi. Yangi darsliklar badiiy asarni tahlil qilish, annotasiya, taqriz, hikoya yozish hamda turli qo‘lyozma manbalar ustida ishlab, nasx va nasta’liq xatini o‘rgatish, ijodkor yoshlarni matnshunoslik sohasiga qiziqtirishni maqsad qilgan.
Birinchi marta adabiyot darsligining o‘zida elektron resurslar uchun imkoniyat yaratildi, har bir mavzuda internet kutubxonalarida mavjud bo‘lgan elektron va audio kitoblarning QR kodlari berildi. Bundan tashqari darslik orqali bir vaqtning o‘zida o‘rganilayotgan asarning videofilm, spektakl variantlari bilan ham tanishib borish imkoniyati yaratildi.
Har bir mavzu san’at asarlari namunalari (tasviriy san’at, haykaltaroshlik, teatr, kino, klip) bilan bog‘langan. O‘quvchilar badiiy asarni san’at namunalari bilan solishtirib, tahlil qiladi. O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida annotasiya, taqriz, hikoya yozish singari topshiriqlar berilgan.
Eski o‘zbek yozuvini o‘rgatishga qaratilgan ilk darslik
“Matnshunoslik alifbosi” darsligi maktab o‘quvchilariga eski o‘zbek yozuvini o‘rgatishga qaratilgan birinchi darslik bo‘lib, o‘quvchilarni fanga qiziqtirish va tafakkurini kengaytirish uchun she’riy qoidalar, chistonlar (topishmoqlar)dan foydalanildi. Kitobning tayyorlanishida bir nechta xattotning kalligrafik mashqlaridan foydalanilgan. O‘quvchilar turli qo‘lyozma manbalar ustida ishlashi orqali ularni matnshunoslik kasbiga yo‘naltirish e’tiborga olingan

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x