Prezident farmoni bilan 2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.
✅ Barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 3 yanvar — dushanba, 22 mart — seshanba, 23 mart — chorshanba, 11 iyul — dushanba, 2 sentabr — juma;
✅ Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 4 yanvar — seshanba, 4 may — chorshanba, 5 may — payshanba, 12 iyul — seshanba, 3 sentabr — shanba va 31 dekabr — shanba.
⚡️Shuningdek, 2022 yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari qo‘yidagi tartibda ko‘chirildi:
✅ 8 yanvar — shanba kunidan 4 yanvar — seshanba kuniga;
✅ 7 may — shanba kunidan 4 may — chorshanba kuniga;
✅ 14 may — shanba kunidan 5 may — payshanba kuniga;
✅ 16 iyul — shanba kunidan 12 iyul — seshanba kuniga.