POZNAN

POZNAN — Polshaning gʻarbiy kis-midagi shahar, Varta daryosi boʻyida. Poznan voyevodasining maʼmuriy markazi. Axrlisi 578,2 ming kishi (1999). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Poznan — mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Mashinasozlikning turli soxalari (jumladan, transport, q. x., aniq mashinasozlik, elektrotexnika, priborsozlik va podshipniklar i. ch.) rivojlangan. Oziq-ovqat, rezina, parfyumeriya, tikuvchilik, oynashisha, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Poznanda har yili xalqaro va milliy yarmarkalar oʻtkaziladi. Un-t, teatrlar, muzeylar bor. Shaharga 9-a. da asos solingan. 10—11-a. larda Polsha knyazlari qarorgohi boʻlgan. 13—19-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklar, xususan, gotika kostyoli (13—15-a. lar), ratusha (13—16a. lar) saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x