POSTIMPRESSIONIZM

POSTIMPRESSIONIZM (lot. post — keyin va impressionizm) — 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida fransuz rassomlik sanʼatidagi asosiy yoʻnalishlar (neoimpressionizm, kubizm, fovizm, nabi va b.)ning shartli umumlashma nomi. Oʻz ijodini impressionizm us-lubida boshlagan rassomlar uning in-qirozidan soʻng asta-sekin undan uzoqlashaboshladi. Postimpressionizm namoyandalari davrga hamohang badiiy tasvir vositalari ustida izlandi; impressionizmning oniy taassurotlari oʻrniga chuqur his-tuygʻuga boy joʻshqin shakllarni yara-tishga intilish kuchaydi (P. Sezann, Van Gog, P. Gogen, A. de Tuluzlotrek va b.). Bu izlanish va amaliy faoliyatlar 20-a. tasviriy sanʼatining gʻoyaviy plastik rivojlanishi tamo-yillarini belgilab bergan muhim tarixiy bosqich vazifasini oʻtadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x