PORT-OF-SPEYN

PORT-OF-SPEYNTrinidad va Tobago davlati poytaxti. Mamlakatning muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Trinidad o. ning shim.-gʻarbiy qismida. Iqlimi subekvatorial, oʻrtacha t-ra yanv. da 25,8°, iyulda 26,7°; yillik yogʻin 1910 mm. Aholisi 49 ming kishidan ziyod (2000). Atlantika okeanining Pariya koʻltigʻi sohilidagi port. Metallsozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, sement sanoat korxonalari, kema verfi mavjud. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Port orqali chetga neft mahsulotlari, shakarqamish, kofe, sitrus mevalar chiqariladi. Un-t, milliy muzey, badiiy galereya bor.

Ispanlar kelgunga qadar P.-o-S. oʻrnida indeyslarning Konkerabiya qishlogʻi boʻlgan. 1783-y. dan Ispaniyaning Trinidad o. dagi mustamlakasining maʼmuriy markazi, 1797-y. dan Buyuk Britaniya qoʻl ostida. 1962-y. dan mustaqil Trinidad va Tobago poytaxti.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x