POPURRI (frans. pop-pourri — har xil narsalar) — biron opera, operetta, balet, kinofilm va b. dagi mashhur, ommaviylashgan kuylar yoki xalq qoʻshiqlari, raqs kuylari va h. k. dan tuzilgan cholgʻu asar. Odatda, foydalanilgan kuylar deyarli rivojlantirilmaydi, faqat ketmaket ijro etishga moʻljallanadi. «Popurri» termini dastlab 1711-yili (fransuz noshiri K. Ballar nashr etgan pyesalar toʻpla-mida) ishlatilgan. Popurri 19-a. dan, asosan, puflama sozlar orkestri, estrada ansambli asari sifatida keng rivoj topgan. Uzbek kuylari asosida ilk Popurrilarni F. Leysek («Osiyocha popurri», 1890; «Oʻzbek qoʻshiklaridan popurri», 1924), keyinchalik Yu. Rajabiy, D. Zokirov va b. yaratgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые