POPLIN

POPLIN (ital. papelino — papaga tegishli; dastlab, Avintonda rim papasi qarorgohida olingan, deb taxmin qilinadi) — koʻndalang qavariq yoʻllari bor polotno oʻrilishli (q. Oʻrilish) gazlama. Koʻndalang qavariq yoʻllar ingichka tanda iplarining yoʻgʻonroq arqoq iplari bilan oʻrilishidan hosil boʻladi. Poplin asosan paxta tolalaridan yoki kimyoviy tolalardan, baʼzan, tabiiy ipak (tanda) va jun (ar-qoq)dan toʻqiladi. Poplinning tanda boʻyicha zichligi (qalinligi) arqoq boʻyicha zichligidan 1,5—2-marta yuqori boʻladi. Poplin oqartirib, sidirgʻa boʻyalib va gul bosilib ishlab chiqarilishi mumkin. Poplindan bluzalar (kamar bogʻlab kiyiladigan keng ust koʻylak), erkaklar koʻylagi va b. tikiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x