PONTIYA TOGʻLARI

PONTIYA TOGʻLARI — Turkiyaning shim. qismidagi togʻ sistemasi, Qora dengizning jan. sohillari boʻylab 1000 km masofaga choʻzilgan. Eni eng keng joyida 130 km. Gʻarbiy Pontiya, Ja-nik va Sharqiy Pontiya togʻlaridan iborat. Qizil Irmoq va Yashil Irmoq daryolari tor vodiylar orkali tizmalarni koʻndalang kesib oʻtgan. Sharqiy qismi balandroq, relyefi alp tipli, eng baland joyi 3937 m. Gʻarbiy qismi, asosan, qumtosh, ohaktosh, sharqi granit, gneys, kristalli sla-neslardan, vulkan jinslaridan tuzilgan. Kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Tosh-koʻmir, mis va polimetall ruda konlari bor. Shim. seryogʻin yon bagʻri keng bargli oʻrmonlar b-n qoplangan, jan. yon bagʻri togʻ dashti va chala choʻlidan iborat. Togʻ oldi tekisliklarida va togʻ oralarida dehqonchilik qilinadi. Milliy bogʻlar tashkil etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x