PONA — bir uchi tigʻli, bir yoki ikki qirrasi qiya tekislik koʻrinishidagi oddiy yogʻoch yoki metall qurol. Pona kesuvchi (yoki yoruvchi) asbob (mas, zubilo, yorgich), mashinalarning oʻrnatma yoki rostlovchi detallari sifatida (mas, mashinalarni yigʻishda) qoʻllanadi. Asbob sifatida Ponaning oʻziga xosligi shundaki, undan foydalaniщda kuchdan ancha yutiladi, chunki qirrasining qiyalik burchagi va ishqalanish koef-fitsiyenti kichikboʻladi. Pona mashinasozlikda, mashinalarni taʼmirlash ishlarida, oʻrmonda yogʻoch tayyorlashda, uy-roʻzgʻorda ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые