POMIR XALQLARI

POMIR XALQLARI, Pomir tojiklari (oʻzlarini pomiri deb atashadi) — Tojikiston Respublikasi tarkibidagi Gʻarbiy Pomirning baland togʻ vodiysidagi Togʻli Badaxshon viloyatida yashaydigan kichik xalqlar [yozgʻulomlar (oʻz nomi — zgamik), roʻshonlar (oʻz nomi — rixen, ruxni) mahalliy guruh xuflar (oʻz nomi — xu-fij) bilan birga, bartanglar (oʻz nomi — bartanj) mahalliy guruh aroshorlar bilan birga, shugʻnonlar (oʻz nomi — xugni, xununi) mahalliy aholi bajoʻylar bilan birga, ishkashimlar (oʻz nomi — ishkashumi, ishkashimi) vohonlar (oʻz nomi — hik, vaxi) va vanjlar] guruhi. Shuningdek, Pomir xalqlari Afgʻoniston Ba-daxshoni (roʻshonlar, shugʻnonlar, ishkashimlar, vohonlar, zebaklar, munjonlar)da, Pokistonning Chitrol mavzesi (munjonlar, yidgalar)da va Xunza daryosi vodiysi (vohonlar)da, Xitoyning Sinszyan — Uygʻur viloyatida (shugʻnonlar va vohonlarga qarindosh sarikoʻllar) yashaydilar. Pomir xalqlari katta yevropeoid irqiga mansub boʻlib, hindevropa tillar oilasining sharqiy Eron tili kichik guruhiga kiruvchi til va lahjalarda soʻzlashadilar. Dindorlari, asosan, islom dinining shia, qisman esa sunna mazhablariga eʼti-qod qiladilar. Pomir xalqlari yashagan hududlarda qad. zamonlarda Roʻshon, Shugʻnon, Vo-hon davlatlari mavjud boʻlgan. Asrlar mobaynida bu hududlar chet el bosqinchilari tasarrufiga ham kirgan. 7-a. ning oxirida Pomir yerlari ikki asrdan koʻproq tibetliklar qoʻl ostida boʻlgan. 10-a. dan boshlab Pomir davla-ti mustaqillikka erishgan, keyinchalik esa alohida podshoxliklarga boʻli-nib ketgan. Qariyb 30 y. mobaynida Afgʻoniston Badaxshoniga boʻysungan. 1878-y. da Buxoro xonligi, soʻngra esa chor Rossiyasi tobeligiga oʻtgan.

1925-y. 2 yanv. da Tojikiston muxtor Respublikasi tarkibida Togʻli Badaxshon muxtor viloyati tashkil etilgan. 20-a. ning 30—90-y. lari va 21-a. ning boshlari davomida jamiyatda sodir boʻlgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy oʻzgarishlar natijasida Pomir xalqlari etnomadaniy jihatdan asta-sekinlik bilan tojiklarga oʻzaro yaqinlashib va tobo-ra singishib bormoqda. Pomir xalqlarining asosiy anʼanaviy mashgʻuloti chorvachilik, hunarmandchilik va qisman dehqonchilikdan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x