POLYAKLAR

POLYAKLAR — xalq, Polshaning asosiy aholisi (37,75 mln. kishidan or-tiq). Umumiy soni 44,2 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari), jumladan, RFda 94,6 ming kishi, Ukrainada 219,2 ming kishi, Litvada 258 ming kishi, Belorussiyada 417,7 ming kishi. Polyak tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar. Polyak elatining shakllanishida Xalqlarning buyuk koʻchishidai soʻng Polsha hududida qolgan gʻarbiy slavyan qabilalari muhim rol oʻynagan. Polsha davlati barpo i etilgan davrda polyak elati ham shakllangan (10—11-a. lar). Uning etnik asosini polyanlar, slenzanlar, vislyanlar, mazovshanlar, pomorliklar tashkil qilgan. Koʻp millatli Rech Pospolita davlati (1565-y. tashkil topgan) doirasida polyak millati uyushuvi jarayoni sodir boʻlgan. Polyaklarning yar-midan ortigʻi shaharlarda yashaydi va koʻp tarmokli sanoat va xizmat koʻrsatish sohasida band. Q. x. ning asosiy tarmogʻi — gʻallachilik.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x