POLK

POLK (qad. slavyancha pʼlk — qoʻshin) — barcha qurolli kuchlarning har xil qoʻshin turlari va maxsus qoʻshinlaridagi harbiy qism. Polkning oʻqchi, piyoda askarlar, otliq askarlar, tank, artilleriya, aviatsiya, raketa va b. turlari boʻladi. Har bir Polkda mustaqil shtab, bir qancha batalyon (divizion, eskadrilya, rota), taʼminot boʻlinmalari va ichki boʻlinmalar mavjud. Polk, odatda, qoʻshilmalar (diviziya, brigada) tarkibiga kiradi. Polk shaklidagi harbiy birlik, dastlab 10-a. lardayoq vujudga kelib, turli armiyalarda har xil nomlar bilan atalgan. Polk tuzilish jihatdan oʻzgarib turgan. l-jahon urushida piyoda askarlar P. i 3 — 4 batalyon (har bir batalyonda 3—4 ro-ta)dan iborat boʻlgan. 2-jahon urushi arafasida tank, motorlashtirilgan aviatsiya, havo desanti va b. P. lar yuzaga kelgan. Piyoda askarlar Polk lariga esa artilleriya, minomyot, tank, zenit pule-myotlari boʻlinmalari va b. kiritilgan. Hoz. bir qancha armiyalarda (AQSH va b. mamlakatlarda) Polk oʻrnida jangovar gu-ruxlar mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x