POLIOMIYELIT

POLIOMIYELIT (yun. polios — kul-rang va myelos — orqa miya) — oʻtkir yuqumli kasallik. Bunda markaziy nerv sistemasi zararlanadi. Falaj bilan yoki falajsiz kechadi. Poliomiyelit kadimdan maʼlum boʻlib, ayniqsa, bolalar oʻrtasida keng tarqalgan. Poliomiyelit oqibatida minglab bolalar falaj boʻlib qolar edi.

Virusni sunʼiy koʻpaytirish usulining kashf etilishi, Poliomiyelitga qarshi vaksina yaratilishi va bolalarni yoppa-siga emlash amalga oshirilishi tufayli kasallik tez kamaydi. Kasallikni qoʻzgʻatuvchi viruslar suvda uzok, vaqt saqlanadi, qaynatilganda, kaliy permanganat va vodorod peroksid taʼsirida halok boʻladi. Kasallik bemor bilan yoki kasallik qoʻzgʻatuvchisini tashib yuruvchilar b-n muloqotda boʻlganda yuqadi. Virus havo-tomchi yoʻllari orqali (aksirganda, yoʻtalganda), shuningdek, ifloslangan sabzavot, meva, qaynatilmagan suv, sutni isteʼmol qilganda organizmga oʻtadi. Yoz va kuz oylarida Poliomiyelit koʻproq uchraydi. Kasallik oʻtkir boshlanadi: bemorning t-rasi 38—39° gacha koʻtariladi, yoʻtal, aksirish, tomoq ogʻrishi, qorinda ogʻriq paydo boʻlishi va ich ketishi kuzatiladi. Bu belgilar 4—5 kundan keyin oʻtib ketadi, bir haftadan soʻng t-ra yana koʻtariladi va turli muskullar, ayniqsa, oyoq va qoʻllar falaji avj oladi.

Falajsiz Poliomiyelit yuqori nafas yoʻllarining oʻtkir katari sifatida (q. Oʻtkir respirator kasalliklar) yoki meʼda-ichak faoliyatining buzilishi koʻrinishida kechadi. Bemor kasalxonada davolanadi. Falaj bilan kechadigan Poliomiyelitda zararlangan qoʻl va oyoqning harakatlanishi buziladi, kasal qoʻl yoki oyoq sogʻlom oyoqqoʻlga qaraganda oʻsishdan orqada qoladi. Shu sababli kompleks davolashda massaj, davo fizkulturasi, oyoq va qoʻllar uchun maxsus ortopedik apparatlar, tana va boʻyinga korset ta-qish tavsiya etiladi. Keyinchalik sana-toriykurortda davolanish kerak. Falaj bilan kechadigan Poliomiyelit uzoq va toʻgʻri davolanganda oyoq va qoʻllarning izdan chiqqan funksiyalari tiklanishi mumkin.

Poliomiyelitning oldini olish uchun suyuq holdagi va konfet (antipoliodraje) shaklidagi tirik Poliomiyelit vaksinasi bilan emlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x