POLIMERIYA

POLIMERIYA (yun. polymereia — koʻp murakkablik) — genlarning oʻzaro taʼsiri tiplaridan biri. Polimeriyada bir belgining rivojlanishi bir xilda taʼsir etuvchi 2 va undan ortik, allel boʻlmagan genlarga bogʻliq. Polimeriya 1909-y. da shved olimi N. G. Nilson-Ele tomo-nidan kashf etilgan. Xoʻjalik nuqtayi nazaridan qimmatli boʻlgan belgilar, mas, gʻoʻzaning boʻyi, tola chiqimi, tola uzunligi, koʻsagining ogʻirligi, chigi-tining yogʻliligi va b. belgilari Polimeriya ti-pida irsiylanadi. Shartli ravishda kumulyativ va nokumulyativ Polimeriyaga ajra-tiladi. Kumulyativ Polimeriyada belgining fenotipda kuchli yoki kucheiz namoyon boʻlishi genotipda ishtirok etadigan dominant allellarning soniga bogʻliq. Mik,doriy belgilar kumulyativ Polimeriya tipida irsiylanadi. Nokumulyativ Polimeriyada belgining fenotipik namoyon boʻlishi dominant allellar soniga bogʻliq emas. Dominant belgining namoyon boʻlishi uchun genotipda birgina dominant al-lelning boʻlishi kifoya. Biokimyoviy darajada Polimeriya asosida belgining rivojlanishiga taʼsir qiluvchi biosintez reaksiyalari yotadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x