POLIGINIYA

POLIGINIYA (poli… va yun. gyne – xotin) , koʻp xotinlilik — asosan, patriarxatga xos boʻlgan nikoh shakli. Ayrim xalqlarda, koʻproq, mu-sulmon xalklarida saqlanib qolgan (q. Haram). Baʼzan Poliginiya poligamiya (koʻp nikoxlilik) shaklida ham qoʻllaniladi. Poliginiya aslida guruxli nikohning qoldigʻi-dir, unda bir urugʻning barcha ayollari boshqa urugʻning barcha erkaklariga umumiy xotin hisoblangan. Keyinchalik davrlar oʻtishi b-n jamiyat ishlab chikaruvchi kuchlari va madaniy hayot yuksalishi tufayli bir nikoxlik — monogamiyaga oʻtilgan.

Oʻzbekistonda 20-a. ning 20-y. laridagi iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy oʻzgarishlar natijasida ayollarning ijtimoiy mehnatga faol tortilishi, erkak va ayollarning amaldagi tengligi vujudga kelishi bilan xotinlarning erlarga iqtisodiy qaramligi yoʻq qilingan. Oʻzbekiston Respublikasida koʻp xotinli boʻlish qonun bilan jazolanadi (Oʻzbekiston Respublikasi JKning 126-moddasi). Yana. q. Katta oila, Nikoh, Oila.

Ochil Boʻriyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x