PODSHOH, podsho, shoh (qad. fors, pati — hukmdor va shoh) — 1) Yaqin va Oʻrta Sharqdagi baʼzi mamlakatlar hukmdorlari. Dastlab Sosoniylar davlatida qoʻllanila boshlagan.
2) Rossiya hukmdorlarining samoderjaviye agʻdarilgunga qadar oʻzbeklar ora-sidagi nomi (boshka nomlari — chor, oq Podshoh).