PODOLSK — RF Moskva viloyatidagi shahar (1781-y. dan), Paxra daryosi sohilida. Moskvadan 43 km jan. dagi t. y. stansiyasi. Aholisi 197 ming kishi (1998). Mexanika (tikuv mashinalari), mashinasozlik (bugʻ qozonlari va b.), q. x. mashinalari, akkumulyator, kabel z-dlari, rangli metallurgiya, qurilish materiallari korxonalari va b. bor.
Podolskning sanoati 19-a. ning oxiridan rivojlana boshladi (sement z-di, tayyor qismlardan «Zinger» tikuv mashinalari yigʻish z-di va b. qurildi).