PODOLIYA QIRLARI, Podoliya platosi — Ukrainaning jan.-gʻar-bidagi qirlar. Dnestrning chap sohilida. Shim.gʻarbdan jan.-sharqqa choʻzilgan. Ohaktosh, mergel, qumtosh va slaneslardan, sharqiy qismi esa granit va gneyslardan tarkib topgan. Eng baland joyi 471 m (Kamula togʻi). Podoliya qirlarining katta qismi haydalib, deh-qonchilik qilinadi. Dub oʻrmonlari va oʻtloq dashtlari bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые