POʻLATXON QOʻZGʻOLONI

«POʻLATXON» QOʻZGʻOLONI — Koʻqon xonligitsa xon va uning amaldorlari zulmiga va chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (1873—76). Rahbari — Isʼhoq Hasan oʻgʻli (1844 — Margʻilon — 1876). Isʼhoq Hasan Qoʻqondagi Tunqator madrasasida oʻqigan. Andijondagi masjidda imomlik qilgan, savdo-garlik b-n ham shugʻullangan. Toshkentga kelib, Abdulmoʻmin otaliq bilan tanishgach, shu yerda vaqtincha yashab qoladi. 1872-y. Sher Dodho boshliq bir guruh qoʻqonliklar Samarqandda istiqomat qilayotgan Poʻlatbekni (Olimxonnnng nevarasi) Qoʻqonga taklif qilib, uni xon qilib koʻtarishga vaʼda qilishadi. Lekin, Poʻlatbek bu taklifni rad etadi. Shundan soʻng qoʻqonliklar Toshkentga kelib, Abdulmoʻmin otaliq bilan uch-rashganlar. Ularning iltimosiga koʻra, Isʼhoq Hasan «Poʻlatxon» nomi bilan qoʻzgʻolonga boshchilik qilishga rozi boʻlgan va Namanganga kelib qoʻzgʻolonga rahbarlik qila boshlagan. Uning tomoniga yirik boy va harbiylar, hagto Xudoyorxonntt oʻgʻli va b. qarindoshlari ham oʻtgan. 1875-y. 22-iyulda Xudoyorxon Toshkentga qochishga majbur boʻladi. Xon taxtiga «Poʻlatxon» va Xudoyorxonning katta oʻgʻli Nasriddinbeklar asosiy daʼvogarlar edi. 1873-y. da qirgʻizlar «Poʻlatxon»ni Qoʻqon xoni deb eʼlon qilgan edilar. Ammo, Xudoyorxon Toshkentga qochgandan keyin Abdurahmon oftobachi Nasriddinbekni xon deb eʼlon qilib taxtga oʻtqizgan. Shu sababli «Poʻlatxon» Abdurahmon oftobachi va Nasriddinxonlarga qarshi kurashni boshlab yuboradi. Oqibatda, Qoʻqon xonligida ikki hokimiyatchilik paydo boʻladi. Buning oldini olib, kuchlarni birlashtirish maqsadida Abdurahmon oftobachi 1875-y. 7 avg. da Chor Rossiyasi mustamlakachilariga qarshi gʻazavot eʼlon qiladi va xalq ozodlik harakatini boshlab yuboradi. «Poʻlatxon» bu harakatni qoʻllab quvvatlaydi, ammo qoʻshinini jangga olib kirmaydi. 1875-y. 23 avg. da Maxram qalʼasi ostonasida ruslar bilan Abdurahmon oftobachining qoʻshini oʻrtasida qattiq jang boʻladi. Qoʻqonliklar magʻlubiyatga uch-raydi. K. P. Kaufman qoʻzgʻolonchilarni birin-ketin tormor etib, Qoʻqon, Margʻilon va Ush ritrini jangsiz bosib olgan. 1875-y. 22 sent. da Kaufman Margʻilon sh. ga Nasriddinxonni taklif qilib, aholi uchun juda ogʻir boʻlgan shartnomaga imzo chektiradi. Na-tijada, aholi Nasriddinxonga qarshi qoʻzgʻolon koʻtaradi. Nasriddinxon Toshkentga qochishga majbur boʻladi. «Poʻlatxon» rasman Qoʻqon xoni deb eʼlon qilinadi. Abdurahmon oftobachi ham uni tan oladi . «Poʻlatxon» bilan yarashib harbiy kuchlarini birlashtiradi. Rus askarlari bilan boʻlgan janglarda kuchlar teng boʻlmagani natijasida «Poʻlatxon» magʻlubiyatga uchraydi. 1876-y. 1-martda Margʻilon sh. da dorga osib oʻldiriladi.

Ad.: Bobobekov H. N., Poʻlatxon qoʻzgʻoloni, T., 1996; Qoʻqon tarixi, T., 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x