POʻLATOV

POʻLATOV Haydar (1928.10.7, Chinoz qishlogʻi, Toshkent viloyati — 1993.19.5, Toshkent) — faylasuf olim. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), falsafa fanlari dri (1968), prof. (1969). Toshkent yuridik in-tini tugatgan (1949). Shu in-tda davlat va huquq nazariyasi kafedrasining dotsenti (1953—55). Oʻzbekiston FA Falsafa kafedrasining mudiri (1958—64, 1984-y. dan), Toshkent Oliy partiya maktabi (1970—71), Toshkent avtomobil yoʻllari in-ti falsafa kafedrasining mudiri (1972—82), shu in-t prorektori (1982—84). Ilmiy ishlari ijtimoiy falsafa, inson falsafasi, madaniyat falsafasi, dialektika va bilish nazariyasi, axloqshunoslik va siyosatshunoslikka bagʻishlangan, milliy mafku-ra masalalari boʻyicha maqolalar yozgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x