PLOTIN

PLOTIN (Plotinos) (taxm. 205, Nikopol, Misr — 270, Minturne, Italiya) — yunon faylasufi, neoplatonizm asoschisi. 244/245-y. dan Rimda yashagan, falsafadan dare bergan; 10 y. ogʻzaki suh-batlardan soʻng Plotin oʻz taʼlimotini yozib bora boshladi. Uning 54 asarini shogirdi Porfiriy (taxm. 233 — taxm. 304) tartiblashtirib, 9 tadan boʻlib chiqqan, shuning uchun ular «Enneadalar» («Toʻqqizliklar») deb ataladi. Plotin sis-temasida hadsiz yagona ibtido (ezguli-k)dan uning emanatsiyasi jarayonida borliqning qolgan substansiyalari kelib chiqadi. Bular: oʻz-oʻzini mushohada qiluvchi nus va uni tashkil etgan ey-doslar (yagona ibtido bilan «nus» oʻrtasidagi bosqich — «son»); barcha individual jonlarni oʻz ichiga qamragan olamiy jon, jismlar dunyosi (kosmos); materiya (sodir boʻladigan oʻzgarishlarning betayin, sifatdan maxrum asosi). Odam jonining yoʻli jazava paytida sezgilar dunyosidan koʻtarilib, yagona ibtido bilan qoʻshilishdir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x