PLEYSTOTSEN

PLEYSTOTSEN (yun. pleistos — eng kat-ta, eng koʻp, kainos—yangi) — toʻrtlamchi sistema (davr)nnnt quyi, eng koʻp (1 mln. yil chamasida) davom etgan boʻlimi. Pleystotsen umumiy geoxronologiyada. yarus yoki zonaga teng boʻlib, koʻpchilik min-taqalarda oʻz navbatida quyi, oʻrta va yuqori boʻlimlarga ajratiladi. Pleystotsenda Yerning iqlimi sovuqlashgan va oʻrta kengliklarda muzliklar vujudga kelgan. Bu davrda qitʼalarning 27% yuzasi muzlik b-n qoplangan. Baʼzi tadqi-qotchilar Pleystotsen boshlarini alohida epoxa (zamon) — eopleystotsenga ajratadilar va unga boshqa olimlar neogenga kiritgan yuqori (kechki) pliotsenni ham qoʻshadilar. Pleystotsen mobaynida hayvonot va oʻsimliklar olamida muhim oʻzgarishlar roʻy bergan, eng qad. odamlar (ar-xantroplar) paydo boʻlgan. «Pleystotsen» termi-nini ingliz olimi Ch. Layel kiritgan (1832-y.). Oʻzbekistonda Pleystotsenning umumiy qabul qilingan yaruslari yoʻq. Har bir region uchun oʻziga xos majmua, svita va qatlar ajratilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x