PLASTIDALAR

PLASTIDALAR (yun. plastos — shakllangan) — avtotrof oʻsimliklar hujayrasining pigmentli organoidlari; organik moddalar sintezini amalga oshiradi. Yuksak oʻsimliklarda 3 xil-ga: yashil xloroplastlar (XP), rangsiz leykoplastlar (LP) va rangli xromo-plastlar (XR)ga boʻlinadi. XP — lin-zasimon yoki sharsimon tangachalar, oʻlchami 4—6 mkm; tarkibida 50% ga yaqin oqsillar, 35% lipidlar va 7% pigmentlar, shuningdek, ozroq dezok-siribonuklein kislota (DNK) va ri-bonuklein kislota (RNK) bor. Yuksak oʻsimliklarda XP pigmentlari yashil a va v xlorofillar hamda karotinoidlardan iborat. XPdagi DNKlar yadro DNK sidan farq kiladi va koʻkyashil suvoʻtlar hamda bakteriyalar DNKsiga oʻxshaydi. LP-rangsiz, dumaloq yoki choʻziq mayda tanachalar boʻlib, oʻsimliklarning hamma tirik hujayralarida mavjud. LPda oddiy organik birikmalardan birmuncha murakkab moddalar (kraxmal va b.) sintezlanadi. LP toʻplanadigan moddalariga qarab amiloplastlar, eleoplastlar va proteinoplastlarga boʻlinadi. XR dumaloq, notoʻgʻri koʻp qirrali yoki ignasimon shaklda; tarkibida kuzgi barglar, gul-yonbargchalar, pomidor, chetan, marvaridgul va b. ning pishayotgan mevalariga sariq, qizil rang beradigan karotinoidlar bor. Plastidalarning bir xili boshqa-siga (mas, LP XP ga, XP XR ga) aylanishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x