PITONLAR

PITONLAR (Pythoninae) — soxta oyoqlilar oilasiga mansub ilonlar kenja oilasi. Uz. 1,5 m dan (kirol Pitonlar) 10 m gacha (toʻrsimon Pitonlar). Rangi har xil. Yuqori lab qalqonida issiqni sezadigan termoretseptorli 2—3 ta chuqurchasi boʻladi. Termo-retseptorlari yorda-mida yaqinlashayotgan issiq qonli hayvonlarni sezadi. 27 turi sharqiy yarim sharning tropik va subtropik qismida tarqalgan. Asosan, oʻrmonlarda yashaydi. Sut emizuvchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar b-n ozikdanadi. Yirik Pitonlar chiyaboʻri, jayra, yosh leopard va toʻngʻizlarni butunlay yutishi mumkin. Odamga deyarli tegmaydi. Urgochisi 107 tagacha tuxum qoʻyib, uni birmuncha vakt bosib yotib isitadi va yirtqichlardan himoya kiladi. Goʻshti va yogʻi isteʼmol qilinadi; terisidan turli buyumlar yasashda foydalaniladi. Pitonlar tutkinlikda 25 yilgacha yashaydi, lekin deyarli koʻpaymaydi. Ayrim turlari himoya qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x