PISTIRMA

PISTIRMA (pismoq, pusmoq, busmoq) — harbiy boʻlinmalarning dushman kismlari oʻtishi mumkin boʻlgan yoʻllarda odsindan puxta niqoblanib oʻrnashishi. Pistirma qad. harbiy taktik usullardan biri boʻlib, muhorabalar chogʻida tez-tez qoʻllangan. Ushbu jang usulidan, ayniqsa, Chingizxon, Amir Temur va b. mashhur sarkardalar qoʻmondonligidagi qoʻshinlar unumli foydalangan. Shayboniyxon safaviylar P. siga duch kelishi oqibatida halokatga uchragan (q. Marv jangi). P., asosan, gʻanimga qoʻqqisdan hujum qilib, uni tormor etish, texnikasini ishdan chiqarish maqsadida koʻyiladi. Pistirma dan, shuningdek, dushman jangchilarini asirga tushirish, razvedka maqsadida «til» olish uchun ham keng foydalaniladi. Pistirma qoʻlyozma manbalarda busugʻ, pusugʻ, pustura, kamin kabi istilohdar bilan ham ifodalangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x