PISKENT

PISKENTToshkent viloyati Piskent tumanidagi shahar (1966-y. dan), Tuman markazi. 1952-y. gacha qishloq.

Ohangaron daryosining oʻng sohilida. Yaqin t. y. stansiyasi — Toʻytepa (14 km). Viloyat markazi (Toshkent sh.)dan 41 km. Aholisi 31,4 ming kishiga yaqin (2003).

Piskent (Biskat) — Toshkent vohasining engqad. shaharlaridan biri. 10-a. geograflarining maʼlumotlarida u Iloq davlati tarkibiga kirgan. V. V. Bartold va M. Ye. Masson P. ni Ohangaron daryosining chap sohilidagi (hoz. Piskent sh. chekkasidagi) yodgorlik qoldiqlari bilan aynan bir, deb koʻrsatadilar. Piskentdan 1-a. ga mansub qabristonlar (Piskent Mingtepasi) va 5-a. ga oid novuslar topilgan.

Piskentning dastlabki qismi Pushti Mahmud tepaligi boʻlib, u 6—7-a. larda shahar shakliga kira boshlagan. 10 — 12-a. larda ravnaq topgan. Shosh (Toshkent) dan Fargʻonaga oʻtgan savdo yoʻlining ustida qulay joylashganligi tufayli 9 — 10-a. larda bu yerda qad. tarixchilar tomonidan Biskat deb atalgan shaharcha paydo boʻlgan. 13-a. boshida moʻgʻul bosqinchilari Piskentni vayron qilganlar. 13a. oʻrtalarida uning gʻarbiy chekkasi yana tiklangan boʻlsada, shahar kichrayib, qishloq darajasiga tushib qoldi. 14 — 16-a. larda Piskent temuriylar va b. hukmdorlar mulki tarkibiga kirgan. 17a. oxiri va 18-a. da shahar yana inqirozga uchraydi. Aholisi gʻarb tomonga koʻchib oʻtadi. Piskentning 19-a. da mudofaa devorlari va 4 darvozasi boʻlgan. Oʻsha davrda Piskent Qoʻqon xonligi tarkibiga kirgan.

Piskentda tuman hokimiyati binosi, maʼmuriy idoralar, paxta tozalash z-di, «Kanop» Uzbekistan—Chexiya qoʻshma korxonasi, gʻisht i. ch. sexlari, «Piskentsifat» brezent tikish korxonasi, metall quymalar tayyorlovchi «Mehnat» aksiyadorlik jamiyati, yaxna ichimliklar sexi, non i. ch. korxonasi, mebel i. ch. kichik korxonasi faoliyat koʻrsatadi.

Keyingi yillarda shaharda dehqon bozori, «Saodat» tantanalar uyi, «Sogʻlom avlod» tayanch punkti, 150 oʻrinli tugʻruqxona, yuzlab savdo doʻkonlari va maishiy xizmat koʻrsatish sho-xobchalari qurildi.

Markaziy yoʻllar P. ni Toshkent, Olmaliq, Ohangaron va b. shahar va tumanlar bilan bogʻlaydi. Shahar yaqinida Toshkent suv ombori joylashgan.

Piskent Olmaliq sh. bilan uzviy bogʻlangan. Olmalikdan Piskentga sanoat mollari, Piskentdan Olmaliqqa esa q. x. mahsulotlari yetkaziladi.

Ad.: Bobur Z. M., «Boburnoma», T., 1958; Bartold V. V., «Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya», Soch. t. 1,M., 1963; Massoy M. Ye., Axangeran, Arxeologo-topograficheskiy ocherk, T., 1953, Burya-kov Yu. F., Genezis i etapы razvitiya gorodskoy kulturы Tashkentskogo oazisa, T., 1982.

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x