PIROGALLOL

PIROGALLOL, pirogallol kislota yoki 1,2, 3 — trigidrok-sibenzol — organik birikma, 3 atomli fenol; rangsiz, hidsiz, havoda qorayadigan kristall modda. Mol. m. 126,11, suyuklanish t-rasi 133—134°, qaynash t-rasi 309°. Suvda, spirtda va efirda yaxshi eriydi, zaharli, kuchli qaytaruvchi. Pirogallolning ishqoriy eritmalari molekulyar kislorodni tez va miqdoriy yutish xususiyatiga ega boʻlgani sababli gazlarni analiz qilishda qoʻllanadi. Sanoatda galla kislotani kuruq haydab (dekarboksillab) olinadi. Analitik kimyoda, tibbiyotda va fotografiyada ishlatiladi. Baʼzi bir boʻyagichlarni sintez qilishda boshlangʻich modda hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x