PIRANDELLO (Pirandello) Luiji (1867.28.6, Jirjenti, Agrijento — 1936.10.12, Rim) — italyan yozuvchisi, dramaturgi. 1889-y. birinchi sheʼriy toʻplami, 1901-y. da birinchi romani — «Chetlashtirilgan ayol» bosilgan. «Marhum Mitta Paskal» (1904) romani muvaffaqiyatli chiqqan. Unda «qiyofa va niqob» mavzusi yoritilgan. Moddiy tomondan nochor yashagan Pirandello 1915-y. sahnalashtirilgan «Agar shunday boʻlmasa…» pyesasidan soʻng butkul dra: maturgiyaga oʻtib ketgan. «Olti personaj muallifni qidiradi» (1921) va «Genrix IV» (1922) pyesalari Pirandello ijo-dining choʻqqisi hisoblanadi. Nobel mukofoti laureati (1934).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые