PILLAXONA — pillachilik xoʻjaliklarida yetishtiriladigan pillalarni amaldagi davlat standartlari asosida qabul qilib olish, dastlabki ishlov berish, ularni saqlash va belgilangan sharoitda pillakashlik korxonalari va b. sotish vazifalarini bajaradigan muassasa. Oʻzbekistonda har bir tumanda yoki tumanlararo tartibda tashkil etilgan. Tuman P. si mutaxassislari xoʻjaliklarda ipak qurti tuxumlarini inkubatsiya qilish, qurt boqish, tutzor va yakka qator tutlarni parvarishlashda agrotexnikaviy jihatdan yordam koʻrsatadilar.
Yetishtirilgan pillalar sifatini baholash va bir meʼyorda qabul qilib olishni tashkil etish maqsadida tuman hududida bir necha qabul punktlari tashkil etilishi mumkin. Pillaxona larda va joylardagi kabul punktlarida pillachilardan tirik (gʻumbagi jonsizlan-tirilmagan) pillalarni qabul qilish, topshirilayotgan pillalar vaz-nini va sifat koʻrsatkichlarini aniqlash va ularni vaqtincha saqlash, qabul qilingan pillalar gʻumbaklarini jon-sizlantirish (xom pilla) va uni koʻp qavatli soʻkchaklarda 8—10 sm qalinlikda yoyib quritish (xom pilla tarkibida 70° gacha namlik boʻladi; quri-tish davomida tirik pilla vaznining 35% qoladi) va b. ishlar bajariladi. Quritilgan pillalar davlat standartlari asosida pillakashlik korxonalariga sotiladi. Oʻzbekistonda 122 ta Pillaxona (tuman «Pilla» aksiyadorlik jamiyatlari) ishlaydi (2003).
Ubaydulla Nasrillayev.