PILLA

PILLA — 1) koʻpgina hasharotlar gʻum-bagining himoya qobigʻi. Odatda, Pillani lichinka gʻumbakka aylanishdan oldin ajratgan ipakdan toʻqiydi. Mac, pisha oʻrovchilar, kuyalar va b. P. si. Talaygina qoʻngʻizlar (mas, uzuntumshuq qoʻngʻiz)ning lichinkasi Pillani oʻzi ajratgan shilimshiqdan yasaydi. Baʼzi hasharotlar (mas, xaltachali kapalaklar) gʻum-bagining rivojlanishi lichinka yashagan gʻilofda davom etadi. Koʻpchilik pashshalarning soxta Pillasi lichinka tashlagan poʻstdan iborat.

Yomgʻir chuvalchangi, zuluklar, oʻrgimchaklar va ayrim mollyuskalar tuxumi tuxum-P. ichida rivojlanadi; 2) ipak qurtining gʻumbakka aylanishidan oldin hosil qiladigan qobigʻi; tabiiy ipak olinadigan xom ashyo. Tut ipak kurti Pilla sining sanoat ahamiyati katta, shuningdek, xitoy eman ipak qurti, aylant ipak qurti P. laridan ham xom ashyo sifatida foy-dalaniladi. Ipak qurtlari oʻzidan fibroin, seritsin (yopishqoq modda), pigment va b. moddalardan iborat ipak chiqarib, oʻz tanasi atrofida kavatmaqavat qilib (40 qavatgacha) Pilla oʻraydi. Pilla, asosan, qobiq, gʻumbak va gʻumbak-ka aylanish davrida qurt tashlagan teridan iborat. Tirik gʻumbakli Pilla ogʻirligining 14—24%ni Pilla qobigʻi, 75 — 85% ni gʻumbak, 0,5%ni qurt tashlagan pust tashkil etadi. Bir dona Pilladan oʻrtacha 600—800 m ipak tolasi olinadi. Kurt zoti va u ni boqish sharoitlariga qarab Pilla uzunligi 16 mm dan 46 mm gacha, eni 12 mm dan 24 mm gacha, tirik (gʻumbagi oʻldirilmagan) Pilla ogʻirligi 1,2—3 g, quruq Pilla ogʻirligi 0,3 — 1,3 g boʻlishi mumkin.

Tut ipak qurti P. si tuxumsimon, silindrsimon yoki urchuqsimon: oq, oqkulrang, sariq, pushti va koʻkish boʻladi, suv oʻtkazmaydi. Tortiladigan Pilla kapalak ochmasligi uchun issiq havo yoki bugʻ bilan ishlanib, gʻumbagi oʻldiriladi, saklashda buzilmasligi uchun kuri-tiladi. Tirik va quruq Pilla saralanmagan navli Pilla aralashmasiga (1, 2-navli va 10% dan ortiq boʻlmagan navsiz Pillalar), navsiz Pilla larga va qorapachoqqa ajratiladi va alohidaalohida qabul qilinadi. 1, 2 – navli Pilladan kalava holidagi xom ipak, navsiz Pilladan ipak ip olinadi. Pilla gʻumbagi moʻynachilik fermalaridan hayvonlarga ozuqa sifatida beriladi.

Naslchilik ishlari uchun Pilla ipak kurti tuxumi zavodigy yuboriladi. Pillani mexanik apparatlarda issiq havo bilan dimlash va quritish keng tarqalgan. Ipak tolaning oz yoki koʻp chiqishi ipak kurti zotiga va Pilla sifatiga bogʻliq (q. Ipak).

Zohidjon Obidjonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x