PIKNOMETR

PIKNOMETR (yun. pyknos — zich va… metr) — gazeimon, suyuq va qattiq holatdagi moddalarning zichligini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob; har xil shakl va hajmdagi shisha idish (kolba). Piknometrning suyuklik uchun moʻljallangan (kolbasimon), gazlar uchun moʻljallangan (Usimon, kapillyarli), qattiq jismlar uchun moʻljallangan (boʻgʻzi olinadigan) xillari bor. Suyuq holatdagi moddaning zichligini oʻlchash uchun Piknometr boʻgʻzidagi belgigacha toʻldirilgan moddani tortib koʻriladi. Qattiq moddaning zichligini oʻlchash uchun u suyuklik toʻldirilgan Piknometrga botiriladi. Gazlarning zichligini oʻlchash uchun max-sus shaklli (mas, shar) P. qoʻlla-niladi. Piknometrda zichlikni oʻlchashning afzalliklari: zichlik juda aniq (105 g/sm3 gacha) oʻlchanishi; kichik (0,5—100 sm3) hajmdagi moddalarning ham zichligini oʻlchash mumkinligi; moddalar (ayniqsa, gazeimon moddalar)ning bugʻlanib va nam yutib ulgurmasliga va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x