PERM TILLARI — finn-ugor tillari guruhining bir tarmogʻi; komiziryan, komi-permyak va udmurt tillarini qamrab oladi. Perm tillarida soʻzlashuvchilar, asosan, RFning Komi va Udmurtiya respublikalarida, Komi-Permyak muxtor okrugida yashaydi; shuningdek, komilar Tyumen va Omsk viloyatlarida (Ob va Tobol daryolari boʻylarida), udmurtlar esa Bosh-qirdiston, Tatariston respublikalari hamda Kirov, Sverdlovsk viloyatlarida istiqomat qiladilar. Perm tillarida soʻzlashuvchilarning umumiy mikdori 1 mln. kishidan ortiqroqdir.
Komi va udmurt tillari shu tillarda soʻzlashuvchilarning oʻzaro fikr almashuvlariga monelik qiluvchi muayyan tafovutlarga qaramay, bir tipdagi tillar hisoblanadi. Har uchala adabiy tilning fonetik tarkibi oʻzaro moye keladi: 7 ta unli va 20 ta undosh fonema mavjud; morfologik tarkibi ham asosan bir tipda boʻlib, kelishiklar tizimi deyarli farq qilmaydi: udmurt tilida 15 ta, komiziryan tilida 16 ta, komi-permyak tilida 17 ta kelishik mavjud; ulardan 14 tasi har uchala til uchun umumiydir. Olmosh va sonlarda, feʼllarning oʻtgan zamon tizimida ham oʻxshashliklar koʻp. Birok, sintaksisda anchagina tafovutlar uchraydi. Tatar tilining taʼsiri tufayli udmurt tili turkiy tillar sintaksisiga xos xususiyatlarni saqlab qolgan, feʼl, asosan, ran oxirida keladi. Udmurt tili leksikasida tatar tilidan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. Perm tillari 20-a. ning 30-y. larida lo-tin grafikasidagi alifbodan foydalangan, 30-y. larning oxiridan esa ayrim qoʻshimcha harflar qoʻshgan holda rus alifbosidan foydalanadi.