PERISKOP (yun. periskopeo — atrofga qarayman, koʻzdan kechiraman) — bronemashina (tank)lar, suv osti kemalari, pana joylar, transheya va b. dan turib kuzatish uchun moʻljallangan optik asbob. P. ning piyodalar (okoplar), artilleriyachilar, tankchilar va dengiz qoʻshinlariga moʻljallangan turlari mavjud. Periskop prizmali vaoynali xillarga boʻlinadi. Prizmali Periskopning bir oz (1,2—1,5-marta) kattalashtirilganda koʻrish maydoni 40° ni tashkil etadi, koʻproq (5—6-marta) kattalashtirib koʻrsatishida esa koʻrish maydoni kichrayadi. Baʼzi Periskoplar aylanasiga kuzatish imkonini beradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые