Pensiya qanday hollarda to’xtatilinadi?

DO`STLARGA ULASHING:

Pensiya qanday hollarda to’xtatilinadi?

Tayinlangan pensiyani to’lash quyidagi xollarda to’xtatib turiladi:

– pensiya to’lash muddati tamom bo’lganda;

– ketma-ket uch oydan ortiq vaqt mobaynida pensiya olinmaganda (vaqtincha uyda yo’qligi yoki boshqa sabab tufayli);

– pensioner ozodlikdan mahrum etilganda (manzil-koloniyalarda jazoni o’tayotgan shaxslar bundan mustasno);

– pensioner ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun internat uylarida yashaganda;

– pensiyani to’lashni to’xtatib turish to’g’risida pensioner tomonidan ariza berilganda;

– surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazoni o’tashdan bo’yin tovlayotgan shaxslarni qidirishga eʼlon berilganda, bedarak yo’qolganda;

– ishonchnoma bergan shaxs unga tayinlangan pensiyaga huquqini tasdiqlash uchun belgilangan muddatda kelmaganda.

Manba: Pensiya jamg’armasi

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x