PELOPONNES URUSHI (mil. av 431—404-y. lar) — Yunoniston tari-xidagi eng yirik urush; yunon polislari ittifoklari: Delos (Afina boshchiligida) va Peloponnes (Sparta boshchiligida) oʻrtasida sodir boʻlgan; butun Yunoniston va Jan. Italiyadagi yunon shaharlari va Sitsiliyani qam-rab olgan. 404-y. quruqlik va dengizdan qamal qilingan Afina taslim boʻlgan. Sulh shartlariga koʻra, Delos ittifoqi tarqatib yuborilgan. Afina Spartaga floti (12 qoʻriqchi kemadan tashqari) ni topshirgan, Afina va Pirey is-tehkomlari yoʻq k,ilingan, Yunon dun-yosida Spartaning gegemonligi tan olingan. Afinada «oʻttiz tiran» oli-garxik tuzumi oʻrnatilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые