PEKTIN MODDALARI, pektinlar (yun. pektos — birikkan, qovushgan, muzlagan) — barcha quruqlik oʻsimliklari va bir qator suvoʻtlar tarkibidagi eriydigan (eriydigan pektin) va erimaydigan (protopektin) yuqori mo-lekulali polisaxaridlar. P. m. mevalar va rezavor-mevalar, kanop poyasi, qand lavlagi tarkibida ayniqsa koʻp boʻladi. Kimyoviy tabiatiga koʻra tarmoqlanmagan poligalakturanidlar — galakturan kislota polimerlaridan iborat. Pektin moddalarining tarkibiga neytral monosaxaridlar — galaktoza, ramnoza, arabino-za, ksiloza ham kiradi. Pektin moddalari 4 guruhga: pektokislotalar, pektin kislotalar, pektinlar va propektinlarga boʻlinadi. Shulardan pektinlarning ahamiyati mu-him. Pektinlar sitrus mevalari, olma va tarvuzdan olinadi. Pektin moddalari oziq-ovqat sanoatida jem, jele, meva konservantlari va b. tayyorlashda ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые