PEKIN, Beyszin (xitoycha — shim. poytaxt) — Xitoyning poytaxti. Siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Kattaligi jihatidan mamla-katda Shanxaydan keyin 2-oʻrinda. Buyuk Xitoy tekisligining shim. qismida, uch tomondan togʻlar bilan oʻralgan. Iqlimi moʻtadil, mussonli iqlim. Yanv. ning oʻrtachat-rasi —4,6°, iyulniki 26°. Yillik yogʻin 636 mm. Aholisi 12 mln. kishi (1999, shahar atrofi b-n). Pekin aloxdsa maʼmuriy birlik qilib ajratilgan.
Pekin — Xitoyning eng qad. shaqarlaridan. Mil. av. 2-ming yillikdayoq hoz. Pekin oʻrnida aholi yashaganligi maʼlum. Mil. av. 1-mingyillik — mil. 10-a. man-balarida shahar Szi deb atalgan. 10-a. da Shim. Xitoyni kidanlar bosib olgach, nomi Siszin deb oʻzgartirilgan (936). Keyinchalik shahar kidanlar davlatining jan. poytaxti — Nanszin boʻlib qolgan (937), 1153-y. dan Szin davlati poytaxti. Bu davrda u Dasin (Chjundu) deb nomlangan. 1215-y. da shaharni moʻgʻullar istilo qilgan. 1263-y. da Xubilay Dasinni moʻgʻullar saltanati poytaxtiga aylantirgan va unga Xonbaliq (buyuk poytaxt, xitoycha Dadu) deb nom qoʻygan. Moʻgʻullar sulolasi Yuan davrida (1280—1368) shahar oʻrtasidan Buyuk kanal kazilgan. 1368-y. da Xitoydan moʻgʻullar quvib chiqarilgach, Beypin deb atalgan. 1421-y. da Min imperiyasi (1368—1644) poytaxti. Bu davrdan boshlab shahar hoz. nomda Beyszin (Pekin) deb atala boshlagan. Sin (manjurlar sulolasidan) davrida (1644—1911) Pekin imperiya poytaxti boʻlgan. 1912 i. Sin monarxiyasi tugatilgach, P. Xitoy Respublikasi poytaxti. 1927-y. hokimiyat gomindanchilar qoʻliga oʻtgach, poytaxt Nankinga koʻchirildi. Pekin yana Beypin deb atala boshladi. 1937—45 y. larda Beypin yaponlar qoʻl ostida boʻldi. 1945—49 y. larda unda gomindanchilar hukmronlik qildi. 1949-y. da ulardan ozod qili-nib Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti deb eʼlon qilindi.
Pekin uzoq vaqt mamlakatning faqat maʼmuriy, harbiy va siyosiy markazi boʻlib keldi. Hunarmandchilik qadimdan rivojlangan boʻlib, chetga chiqarish uchun turli buyumlar tayyorlanar edi. Sanoati 1949-y. dan rivojlana boshladi. Pekin — transport yoʻllarining yirik tuguni, mamlakatning yetakchi sanoat markazlaridan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Pekin va uning chekkalarida metallurgiya, stanoksozlik, metall Pekin shahridagi zamonaviy binolar. konstruksiyalar, avtomobilsozlik, q. x., transport va energetika mashinasozligi, oziq-ovqat, elektrotexnika, telefon va radiotexnika, tibbiyot pri-borlari, sintetik va sunʼiy tola, toʻqimachilik, kimyo, neftni qayta ishlash, qurilish materiallari, poligrafiya, energetika korxonalari bor. Shahar yaqinida koʻmir qazib chiqariladi. Metropoliten qurilgan.
Meʼmorchiligida qad. xitoy shahar qurilishiga xos xususiyatlar — qalʼalarning devorlar bilan oʻralganligi, koʻchalar boʻylab shim. dan janubga va gʻarbdan sharqqa yoʻnalgan toʻrtburchak shakldagi turar joy kvartallari qurish asosiy oʻrinni egallaydi. 12-a. ga oid paxsa devorlarning qoldiklariga qaraganda shahar hoz. Pekinning jan.-gʻar-biy qismida joylashgan. 13-a. da shahar shim. ga tomon kengaya borgan. 1553-y. da atrofi gʻisht devor bilan oʻralgan «Tashqi shaxdr», oʻz navbatida, «Imperator shaxri» majmuasini oʻz ichiga olgan. Bu majmua tarkibida koʻplab saroylar, ibodatxonalar, pagodalar, bogʻlar, te-paliklar va koʻllar boʻlgan. «Imperator shahri»ning markazi — «Taqiqlangan shahar»ning jan. qismida «Osmon ibodatxonasi» ansambli (1420 — 1530, 18-19-a. larda qayta qurilgan) joylashgan. Pekinning bosh maydoni Tyan-anminda Xitoy kengashi binosi, Xitoy tarixi mu-zeyi, Millatlar madaniyati saroyi, koʻrgazma pavilyoni va b. imoratlar qurilgan. Pekin va uning atrofida juda koʻp bogʻ, saroy, ibodatxona va memorial ansambllar bor. Pekin — Xitoyning muhim fan va mada-niyat markazi. Pekin un-ti va boshka un-tlar, ped., tibbiyot, q. x. in-tlari, konservatoriya, Xitoy FA va botanika bogʻi, rasadxona bor. Pekinda mamlakatdagi eng yi-rik kutubxonalar, muzeylar, teatrlar, ilmiy tadqiqot in-tlari joylashgan.