PEKAN (Carya olivaformis Nutt. S.pecan) , zaytunyongʻoq — yongʻoq-doshlar oilasi kariya turkumiga mansub yongoqmevali daraxt. Vatani — Shim. Amerika. Yovvoyi holda Shim. Amerikada usadi. Yevropaga 18-a. da keltirilgan. Qora dengiz boʻylarida, Ukrainada, Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda (1926-y. dan boshlab) ekiladi. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik in-tining Boʻstonliq filialida, Tojikiston Vaxsh tajriba styasida oʻstiriladi. Boʻyi 50 m gacha, diametri 2—2,5 m gacha boradi, 300 — 400-y. yashaydi. Tuproq namligiga talabchan, lekin doimiy namlikni yoqtirmaydi. Issiqqa va soyaga bardoshli. Sovuqqa yongʻoqqa nisbatan chidamliroq. 29—30° sovuqqa chidaydi. Barglari yirik, toq patsimon. May oyida yoki iyul boshlarida gullaydi. Changchi gullari kuchalalarida, oʻtgan yilgi nov-dalarda, urugʻchi gullari esa yosh novdalar uchida hosil boʻladi.
Mevasi soxta danak, yongʻoqchasi (3,5 — 8 sm) okt. noyab. da pishadi, magʻizi oqish, shirin, yongʻogʻining 45—60% ini tashkil etadi. Yongʻoqchasida 70% gacha moy va koʻp miqdorda oqsil, qand bor. Yongʻogʻidan va payvandlab koʻpay-tiladi. Pekan koʻchatlarini oʻtqazish va parvarish qilish usullari yongʻo/(nikiga oʻxshash. Oʻzbekiston sharoitida 10—12 yilda hosil qiladi. Har yili (20 yoshlisi 250 kg gacha) hosil beradi. Mevasi isteʼmol etiladi, qandolatchilikda, moyi oziqovqatda ishlatiladi. Yogʻochi oʻz xossalari jihatidan eman yogʻochidan qolishmaydi. R. R. Shreder nomidagi in-tda Pekanning Hosildor va Oʻzbekiston navlari yaratilgan.
Pekan manzarali oʻsimlik sifatida ham ekiladi.
Ad.: Sorta plodovыx, subtropicheskix, orexoplodnыx kultur i yagod, T., 1968; Ri-bakov A. A., Ostrouxova S. A., Oʻzbekiston mevachiligi, T., 1967.