PEGMATITLAR (yun. pegmatos — bogʻlanish, aloqa) — otqindi, aksari yer-tomir nordon togʻ jinslari. Pegmatitlar tarki-bidagi ortoklaz va kvarslar oʻziga xos oʻsishga ega, agar bu oʻsimtalar juda ham ingichka boʻlsa ular mikropegmatit deb ataladi. Pegmatitlar pnevmatolit bosqichida qoldiq magmalardan hosil boʻladi, ular magma t-rasi pasayganda gaz va bugʻsimon moddalar bilan toʻyinadi. «Pegmatitlar» terminini dastlab fransuz oli-mi R. J. Ayui (1801-y.) hoz. yozma granit, grafikali pegmatit yoki yahudiy toshinn belgilash uchun kiritgan. Baʼzi Pegmatitlarning tarkibida ularga xos boʻlgan asosiy minerallardan tashqari, nodir elementlar minerallari (Li, Rb, Cs, Be, Nb, Ta, Zr, Hf, Th, U, Sc va b.) ham boʻladi. Granitli Pegmatitlar qabul qilingan tasnifga binoan bir nechta guruhga ajratiladi: keramik al i (dala shpatlari olish uchun xom ashyo), mus-kovitli (muskovit xom ashyosi), noyob yer elementli (skandiy va b. noyob va qimmatbaho elementlar xom ashyosi), nOdir metalli (Li, Zs, Rb, Be, Ta, baʼzan qimmatbaho toshlar olinadi), billurli (pyezokvars, morion, flyuorit, qimmatbaho toshlar). Granitli Pegmatitlar oʻta katta kris-talli boʻladi, mas, kvarsli kristall 40 t (Braziliya), 70 t (Rossiya), berilli kristall 32 t (Mozambik), musko-vitli kristall 77 t (Hindiston), spodumen kristalli plastinasi uz. 10 m (AQSH) topilgan. Granitli Pegmatitlardan tashqari, ishqorli granitli Pegmatitlar, nefelinli siyenitli Pegmatitlar, asosli togʻ jinsli Pegmatitlar farq qilinadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые