PEDOLOGIYA (yun. pais — goʻdak va …logiya) — ped. va psixologiyadagi oqim. Bolaning oʻsishiga psixologik, biologik, sotsiologik va b. tomondan yonda-shuvlarni birlashtirishni maqsad f qilib qoʻyadi. Bola taqsiri, zehni va qobiliyati irsiyat bilan belgilanadi, deb hisoblaydi. Pedologiyada bolaning oʻsishida tarbiyaning roli mutlaq deb hisoblanmaydi. Pedologiya namoyandalari taʼlimda biologik tafovutlarga eʼtiborni kuchay-tirib, oʻquvchilar qobiliyatini aniqlashda ilmiy testlardan foydalanishni ilgari surdilar.
Pedologiya 19-a. oxirida dastlab AQSHda, keyinroq Gʻarbiy Yevropada paydo boʻldi va keng tarqaldi. Asoschilari: Amerika psixologi G. S. Xoll, O. Xristen va b. P. 20-a. ning 20-y. lar oxiri — 30-y. lar boshida SSSRda qam tarqaldi va uning predmeti, vazifa va metodlari toʻgʻrisida qizgʻin munozaralar boʻlib oʻtdi. SSSRda Pedologiyaning rasman man etilishi (1936) bolalar toʻgʻrisidagi fanlar majmuining ilmiy asosda shakllanishini toʻxtatib qoʻydi. Hozirda bolalarning isteʼdod darajasini anik,lashga yoʻnaltirilgan testlar dastlab Pedologiya namoyandalari tomonidan ishlab chiqilgan.