PAXTATIKAN, lattatikan (Cirsium ochrolepideum) — murakkab-guldoshlarga mansub ildizbachkili koʻp yillik oʻt. Poyasi tik, yukrri qismi sershox, serbarg, boʻyi 40—100 sm. Barglari nashtarsimon, bandsiz, arrali, savatcha toʻpgulga yigʻilgan. Iyun – sent. da gullab mevalaydi. Mevasi uchmali urugʻ. Asosan, ildiz bachkilari, ildiz boʻlaklari, shuningdek, urugʻidan koʻpayadi. Yoʻqotish qiyin begona oʻt hisoblanadi. Oʻrta Osiyoda sugʻorma deq-qonchilik yerlarida keng tarqalgan. Paxtazor, sabzavot-poliz, donli ekinlar va beda orasida uchraydi.
Kurash choralari: yerni ketmaket ishlash bilan ildizlarini kesib, oziqdanishini susaytirish; kuzgi shudgorgacha 2,4 – D amin tuzi, don ekinlarida esa 2,4-D gerbitsidlarini purkash.