PAVILYON (frans. pavilion, lot. papilio — chodir) — 1) atrofi ochiq, yengil va ixcham qurilgan koʻshksimon imorat, shiypon. Tabiat bilan oʻzaro uygʻunlashtirilgan. Sharq meʼmorligida saroy va ibodatxonalar qurilishida, Yevropa saroy park ansambllari meʼmorligida keng qoʻllanilgan; 2) Yevropa saroylarining tarkibiy qismi: tomi alohida yopilgan yengil bino. Bunday Pavilyonlar tarhi murabba, koʻpqirrali boʻladi; 3) vaqtincha yoki doimiy foydalanish uchun qurilgan yengil inshootlar. Koʻrgazma, kino, foto, savdo P. lari va h. k. ; 4) teatrda — interyerni gavdalantiruvchi dekoratsiya.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые