PATENT

PATENT (lot. patens — ochiq, aniqravshan) — 1) texnik yechim (ixtiro)ning davlat tomonidan eʼtirof etilganligini va ixtirochining oʻz ixtirosiga olgan mutlaq huquqini tasdik/yuvchi hujjat. Davlat Patent idorasi tomonidan ixtiro muallifiga yoki ariza boʻyicha huquqiy vorisiga beriladi (q. Ixtirochilik huquqi). Koʻp mamlakatlardagi krnunlarga kura, Patent 15—20 y. muddatga beriladi. Patent u berilgan mamlakat hudu-dida amal qiladi. Ixtirolar, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qoʻyiladigan, Patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar xamda Patent idora-sining bunday hujjatni berish tar-tibi Oʻzbekiston Respublikasining «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida»gi qonuni (1994-y. 6 may)da belgilab berilgan;

2) bir qancha mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatining muayyan turlari bilan shu-gʻullanish uchun maxsus ruxsatnoma. Davlatdan bunday Patentni sotib olish tad-birkorlarni (odatda, yakka tartibdagi tadbirkorni) bundan keyingi (bir yilga yoki boshqa davrga) soliqlar toʻlashdan ozod etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x