PASTERLASH — suyuklik va oziqovqat mahsulotlaridagi mikroorganizmlarni turlicha davomiylikda bir martalik 100° dan past (odatda, 60—70°) gacha qizdirib yoʻqotish usuli. L. Paster taklif etgan. Yuqori t-rada sifati oʻzgarmaydigan sut, qaymoq, mevalar sharbati, jele va b. oziq-ovqat mahsulotlari Pasterlash qilinadi. Pasterlash natijasida sporasiz bakteriyalar, mogʻor zamburugʻlari oʻladi, lekin Pasterlashdan ke-yin ham baʼzi sporalar saqlanib rivojlanishi mumkin. Ularni yoʻqotish uchun sutdan sariyogʻ va sut konservalari i. ch. da lahzalik (t-ra 85— 90°da), sir va b. sof sut mahsulotlari i. ch. da qisqa muddatli (20—25 min. davomida 72—76°da), bevosita isteʼmol uchun sut i. ch. da uzoq muddatli (30 min. davomida 62—65°da) Pasterlash usullari qoʻllanadi. Pasterlash maxsus apparat — paste-rizatorlarda bajariladi. Mevalar, sabzavotlar yoki ulardan tayyorlangan mahsulotlar zich yopilgan banka yoki shishalarga solingan holda 85—95° da, uzum sharbati 73—85° da pasterlanadi. Natijada mahsulotlardagi mogʻor zam-burugʻlari va achitqi (drojji)lar yoʻq qilinadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые