PASTERELLALAR

PASTERELLALAR — Pasteurella guru-higa mansub mayda grammanfiy koko-batsillalar. Bu guruhga mansub 12 tur P. aniklangan. Ulardan odam uchun eng xavflisi P.multocida. P. hayvon va qushlarning burun-halqumidagi normal mikroflora tarkibida uchraydi. Ayrim hollarda hayvonlarda zotiljam va sepsis kasalligini keltirib chiqaradi.

Pasterellalar odamga, asosan, mushuklar tishlagani yoki tirnaganida yuqadi va endokardit, osteomiyelit, zotiljam va septitsemiya kabi kasalliklarni qoʻzgʻatadi. Koʻpincha yosh bolalar va qariyalar kasallanadi. Pasterellalar qoʻzgʻatgan kasalliklar (mas, pasterellyoz)ni davolashda shi-kastlangan joyga jarrohlik ishlovi beriladi va antibiotiklar qoʻllanadi. Oldini olish mushuk, kuchuk kabi uy hayvonlarini veterinar koʻrikdan oʻtkazib turishdan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x